+20. Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi

+20. Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi

?2020 yil 29 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3488 (+20) nafarni tashkil etmoqda.

? Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, shu yilning 25 mayida Rossiya, 26 mayda esa Qozog‘istondan Qo‘ng‘irot tumanidagi chegara posti orqali mamlakatimiz xududiga kirib kelgan 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan. Koronavirus infeksiyasi qayd etilishi  bilan bog‘liq bo‘lgan bugungi yana 14 holat shu yilning 25 mayida Yekaterinburg -Toshkent yo‘nalishidagi charter reys bilan yurtimizdagi Karantin markaziga olib kelingan fuqarolar orasida aniqlandi. 

?Ayni paytda yurtimizda 2728 (+34) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. 

❗️Avval xabar qilganimizdek, tuzalganlarning 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 7 nafari Samarqand viloyati hamda 22 nafari Toshkent shahridan.

?Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 746 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!