«101-reys» filmida asosiy rollarni ijro etadigan aktyor va aktrisalar ma’lum bo‘ldi (foto)

«101-reys» filmida asosiy rollarni ijro etadigan aktyor va aktrisalar ma’lum bo‘ldi (foto)

«O‘zbekkino» MA buyurtmasi bilan rejissyor Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norbayev tomonidan suratga olinayotgan «101-reys» filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari nihoyasiga yetdi.

Film prodyuseri Ravshan Norbayev jurnalist Feruz Muhammadga «101-reys» filmida asosiy rollarni ijro etadigan aktyor va aktrisalarning fotolarini taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, «101-reys» badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001 yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.

Film postanovkachi rejissyor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyuser — Ravshan Norbayev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olinmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!