Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining respublika bosqichida 335 nafar qiz ishtirok etadi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining respublika bosqichida 335 nafar qiz ishtirok etadi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovning ilk bosqichlarida O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar, umumta’lim maktablari, maktab-internatlar va Mehribonlik uylaridan 30 mingga yaqin qiz qatnashdi. Bu haqda Daryo ga O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

2019 yilning 16 yanvarida o‘tkaziladigan tanlovning respublika saralash bosqichiga hududlardan 335 nafar iqtidorli qizlarning ro‘yxati taqdim etilgan.

Nomzodlar orasida qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz boshqird millatiga mansub qizlar mavjud.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi.

2000 2018 yillar davomida mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan qizlarning soni 283 nafarga yetib, ularning 65 nafari adabiyot, 30 nafari madaniyat, 49 nafari sport, 49 nafari san’at, 24 nafari fan, 43 nafari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqdirlangan.

Sovrindorlarning to‘qqiz nafari O‘zbekiston Prezidenti stipendiyasi, 11 nafari Navoiy va Ibn Sino stipendiyalari sovrindori, 87 nafari esa Osiyo, jahon va boshqa nufuzli xalqaro musobaqa va tanlovlar g‘olibligini qo‘lga kiritgan yoshlardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!