Zelenskiy iyun oyida 1100 dollar atrofida maosh oldi

Zelenskiy iyun oyida 1100 dollar atrofida maosh oldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zidan avvalgi prezident Pyotr Poroshenko kabi maosh olmoqda.

Jumladan, Zelenskiy iyunda prezident lavozimida 28 ming grivna (rasmiy kurs bo‘yicha 1100 dollar atrofida) miqdorida maosh olgan va undan 5460 grivna soliq to‘lagan.

“Ukraina prezidentiga ish haqining boshqa tashkil etuvchilari (ustamalar, mukofot pullari va boshqalar) o‘rnatilmagan”, deb aytiladi “Gromadske” nashri xabarida.

Iyun o‘rtasida Zelenskiyning prezident lavozimiga kirishgandan keyin olgan ilk maoshi 12,7 ming grivnani tashkil qilgani, undan 2,4 ming grivna ushlab qolingani ma’lum qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Poroshenko 2018 yil prezident lavozimida 270,5 ming grivna ishlab topgan. Bu qiymat to‘liqligicha xayriya jamg‘armasiga o‘tkazib berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!