Tramp g‘alaba qozongan taqdirda NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirgan

Tramp g‘alaba qozongan taqdirda NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirgan

NATO vakillari Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan taqdirda Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash rejasini ishlab chiqdi, deb yozadi Politico manbalarga tayanib.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Yevropaga nisbatan shubha bilan qarashi kutilmoqda.

NATO rejasida uchta asosiy jihat bor. Birinchidan, blok Donald Tramp g‘alaba qozongan taqdirda, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojarolar xavfini kamaytirish uchun uning maslahatchilari bilan munosabatlarni yaxshilash niyatida. Ikkinchidan, alyans Yevropa davlatlarida mudofaa xarajatlarini oshirishni rejalashtirmoqda. Uchinchidan, NATO Donald Tramp ma’muriyati tomonidan blokning ishlariga aralashishdan himoya qilish uchun yangi «ijodiy diplomatik va huquqiy choralar» ishlab chiqmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!