Zarb bilan otilgan choynak ayolning o‘limiga sabab bo‘ldi

Zarb bilan otilgan choynak ayolning o‘limiga sabab bo‘ldi

2019 yil 30 yanvar kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi Q.J. uyida oilaviy janjal tufayli birga yashagan rafiqasi N.J.ga qarata choynak otgan vaqtida choynak uning boshiga tegib jarohat olgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, natijada ayol kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Q.J. qo‘lga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!