“Yuventus” futbolchisi Sami Xediraning yuragi operasiya qilindi

“Yuventus” futbolchisi Sami Xediraning yuragi operasiya qilindi

Italiyaning Yuventus klubi futbolchisi Sami Xedira yuragida muvaffaqiyatli operasiyani o‘tkazdi. Bu haqda klub saytida ma’lum qilingan.

Shifokorlarning prognozlariga ko‘ra, yarim himoyachining tiklanishiga bir oycha vaqt talab etiladi.

Futbolchi 19 fevralda, Yuventus ning Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Atletiko bilan birinchi uchrashuviga uchib ketish oldidan o‘zini yomon his qilgan. Futbolchi ko‘rikka jo‘natilgan va unda aritmiya aniqlangan.

Nemis futbolchisi Yuventus uchun 2015 yildan beri to‘p surib keladi. 31 yoshli futbolchining hisobida ushbu klub uchun 125 ta o‘yin, 21 ta gol va 10 ta golli uzatma bor. Xedira Italiyaning 3 karra chempioni, 3 karra Italiya kubogi va Italiya superkubogi sohibi hisoblanadi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!