Blinken va Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rtasidagi og‘zaki duel

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken juma kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan muzokaralar chog‘ida Xitoyning Rossiyaning mudofaa sanoati bazasini qo‘llab-quvvatlayotganidan jiddiy xavotirlar borligini va Pekinning Ukrainada tinchlik o‘rnatish haqidagi gapi «haqiqatga zid» ekanini aytdi.