Chet elga o‘qish uchun ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

Chet elga o‘qish uchun ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Tojikiston — 10 701 nafar;

Rossiya — 6 032 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 2 408 nafar;

Turkiya — 1 640 nafar;

Janubiy Koreya — 1 383 nafar;

Qozog‘iston — 1 102 nafar;

Xitoy — 507 nafar;

Buyuk Britaniya — 475 nafar;

AQSh — 355 nafar;

BAA — 238 nafar;

boshqa davlatlar — 974 nafar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!