“Oltiariqda yashovchi erkak ayolni shunaqa xo‘rlayapti”mi?

“Oltiariqda yashovchi erkak ayolni shunaqa xo‘rlayapti”mi?

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Oltiariqda yashovchi erkak ayolni shunaqa xo‘rlayapti” mazmunidagi xabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 27 sentyabr kuni Oltiariq tumani Sharq mahallasida o‘zaro qarindosh bo‘lgan videotasvirdagi erkak va ayol o‘rtasida kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.

Mazkur holat shu kunning o‘zida Oltiariq tuman IIB tomonidan ro‘yxatga olinib, ayolning tan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!