Netanyaxu nutqi chog‘ida Turkiya va boshqa delegasiyalar BMT Bosh Assambleyasi zalini tark etdi

Netanyaxu nutqi chog‘ida Turkiya va boshqa delegasiyalar BMT Bosh Assambleyasi zalini tark etdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu nutq so‘zlaganida Turkiya va boshqa bir qator davlatlar delegasiyalari BMT Bosh Assambleyasi zalini tark etdi. Bu haqda Anadolu agentligi yozdi.

Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasidagi nutqini boshlashdan avval Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili Ahmet Yildiz boshchiligidagi Turkiya delegasiyasi majlis zalini tark etdi.

Isroil Bosh vaziri nutqi davomida zal ancha bo‘sh edi. U minbarda turganida, o‘rindiqlardan gurillagan ovoz eshitildi.

Urush jinoyatlarida gumon qilinib, Xalqaro Jinoyat Sudi tomonidan hibsga olish orderiga ega bo‘lgan Binyamin Netanyaxuning BMT Bosh Assambleyasida chiqish qilishiga ruxsat berishi katta bahs va tanqidlarga sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!