Pokistonda rossiyalik uchuvchilar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

Pokistonda rossiyalik uchuvchilar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

Pokistonda rossiyalik uchuvchilar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqida Reuters xabar berdi.

Agentlik manbalariga ko‘ra, vertolyot mamlakat shimolida qulagan. Samolyot bortida jami 14 kishi bo‘lgan. Ulardan sakkiz nafari jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Halokatga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas.

Xavfsizlik kuchlariga yaqin bo‘lgan OAVdan birining yozishicha halok bo‘lganlar orasida Pokiston dengiz flotining ikki zobiti va bir dengizchisi ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!