Kanada Livandan 20 ming nafargacha fuqarolarini evakuasiya qilishga tayyorlanmoqda

Kanada Livandan 20 ming nafargacha fuqarolarini evakuasiya qilishga tayyorlanmoqda

Kanada hukumati Livandan o‘z mamlakatining 20 ming nafar fuqarosini evakuasiya qilishga tayyorlanmoqda.

Bu haqda CBC telekanali Kanada mudofaa vaziri Uilyam Blerga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, evakuasiya bu odamlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kanadaga olib ketiladi, degani emas. Vazirning ta’kidlashicha, maqsad ularni xavfsiz joyga olib borish, ulardan biri Kipr bo‘lishi mumkin.

Blerning CTV telekanaliga aytishicha, uning departamenti evakuasiyaga yordam berish uchun Livan hududiga harbiy kema ham yuborgan va qo‘shimcha 150 nafar askar yuborgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!