Alisher Qodirov O‘zbekistonga Ukraina taqdirini eslatgan rus senatori Andrey Klimovga javob qaytardi

Alisher Qodirov O‘zbekistonga Ukraina taqdirini eslatgan rus senatori Andrey Klimovga javob qaytardi

Avvalroq, senator Andrey Klimov O‘zbekiston parlamenti spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirovning Rossiyaga “o‘z ichki ishlari bilan shug‘ullanish” chaqirig‘iga javoban Ukrainaga shama qilib, mamlakat taqdirini eslatgan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Rossiya parlamentining yuqori palatasi Federasiya kengashi xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Andrey Klimovning “Lenta.ru”ga bergan intervyusida o‘ziga qarata aytilgan gaplarga javob qaytardi.

“Ukraina misolida qo‘rqitish Keosyanda rangliroq chiqayotgandi, hamma ishni ustalari qilgani ma’qul”, deydi u o‘z Telegram-kanalida e’lon qilgan postida.

Shuningdek, u ko‘proq Rossiya kabi bozordan ayrilib qolishdan qo‘rqishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Tigran Keosayan “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi, RT telekanali va “Sputnik” axborot agentligining bosh muharriri Margarita Simonyanning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Yuqoridagi ommaviy axborot vositalari Rossiya asosiy propaganda mashinasi hisoblanadi.

2022 yilning aprel oyida Keosayanning YouTube’dagi kanalida uning qozog‘istonliklarni noshukrlikda ayblab, Ukrainadagi ahvoldan xulosa chiqarishga chaqirgan haqoratli videosi paydo bo‘lgan.

Shu yilda Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Kanada va bir qator boshqa mamlakatlar Keosayanga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy etgan. 2022 yil iyun oyida Qozog‘iston TIV Keosayanni “noxush shaxslar” ro‘yxatiga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!