SMTI direktori: TDT makonining Sharq va G‘arb o‘rtasidagi istiqbolli quruqlik ko‘prigi sifatidagi ahamiyati ortib bormoqda

SMTI direktori: TDT makonining  Sharq va G‘arb o‘rtasidagi istiqbolli quruqlik ko‘prigi sifatidagi ahamiyati ortib bormoqda

2024 yilning 26 sentyabr kuni Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) «Turk dunyosi-bir dunyo» mavzusidagi tahlil markazlarining o‘ninchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar Milliy instituti tomonidan tashkil etilgan ekspertlar yig‘ilishida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkiya, Vengriya, TDT va OTB yetakchi tahliliy markazlarining taniqli vakillari ishtirok etdi.
Tadbir kun tartibi siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-innovasion va madaniy-gumanitar sohalarda TDT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalarni o‘z ichiga oldi.
SMTI direktori Eldor Aripov forumdagi chiqishi davomida so‘nggi yillarda Turkiy davlatlar tashkiloti formatida erishilgan ijobiy natijalarga to‘xtalib o‘tdi.
Ekspertning hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina so‘nggi 4 yilda Tashkilot ishtirokchilarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 20 foizga (1,6 trillion dollar), to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar esa 22 foizga o‘sgan. Shu bilan birga, TDT makonining Sharq va G‘arb o‘rtasidagi istiqbolli quruqlik ko‘prigi sifatidagi ahamiyati ortib bormoqda. Transkaspiy transport-kommunikasiya loyihalari («O‘rta yo‘lak») amalga oshirilmoqda, bu esa Xitoydan Yevropaga va u yerdan orqaga yuklar tranzitini diversifikasiya qilish imkonini beradi.
Ekspert ikki tomonlama asosda ijobiy dinamikaga erishilganini alohida ta’kidladi. Xususan, O‘zbekiston barcha TDT davlatlari bilan munosabatlar maqomini ko‘tardi: Turkmaniston va Vengriya bilan strategik, Turkiya va Qirg‘iziston bilan har tomonlama strategik sheriklik hamda Qozog‘iston va Ozarbayjon bilan ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi.
Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy almashinuv ham faol rivojlanmoqda. Oxirgi 7 yilda O‘zbekistonning TDT ishtirokchilari bilan tashqi savdosi qariyb 3 barobar oshdi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 10 milliard dollarga yetdi (o‘sish 4,6 foiz).
Shu bilan birga, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan turkiy mamlakatlar sarmoyasi ishtirokidagi xorijiy korxonalar soni 50 foizga oshdi.
«2017-2022 yillarda TDT davlatlari mamlakatimiz iqtisodiyotiga 4 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi, bu ko‘rsatilgan davrdagi xorijiy investisiyalar umumiy hajmining 8 foizini tashkil etadi», - dedi Eldor Aripov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqoridagi barcha ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning barqaror rivojlanishini ta’minlashda TDT formatining ahamiyati ortib borayotganidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, SMTI direktori hamkorlikning siyosiy va iqtisodiy tarkibiy qismini yanada kengaytirishga chaqirdi. Shu nuqtai nazardan u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qator strategik tashabbuslarini tezroq amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
Xususan, ekspertning fikricha, bir qator xalqaro muammolarga umumiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda jahon miqyosida birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda tashkilot doirasida siyosiy birdamlikka chaqiriq muhim o‘rin olgan «Turk dunyosi Xartiyasi» konseptual hujjatini tezroq qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.
Eldor Aripov o‘z nutqida Afg‘onistonda barqaror tinchlikni ta’minlash muhimligiga alohida to‘xtalib, TDT mamlakatlari barqarorligi ushbu mamlakatdagi vaziyatning rivojlanishiga bog‘liqligini ta’kidladi.
Shu nuqtai nazardan, ushbu mamlakatdagi vaziyatga doimiy e’tiborni qaratish va boshqa muammolar fonida uning ikkinchi darajaga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi ta’kidlandi. «Mamlakatlarimiz tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining so‘nggi uchrashuvi yakunlariga ko‘ra, biz afg‘on muammosi bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga juda yaqin ekanligimiz quvonarli hol», - deya xulosa qildi SMTI direktori.

TDTni rivojlantirishning keyingi istiqbollari haqida gapirar ekan, Eldor Aripov Tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator omillar mavjudligini ta’kidladi.
«Oxirgi 10 yillik tahlil shuni ko‘rsatadiki, TDTning umumiy tashqi savdo aylanmasi asosan import hisobiga o‘sib bormoqda. Import eksportga nisbatan 2 barobar tez o‘sib, bugungi kunda TDT tashqi savdosining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, importning salmoqli qismi uchinchi davlatlar hisobiga to‘gri keladi», — dedi ekspert.
Ushbu tendensiya, SMTI vakilining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda umumiy tashqi savdo aylanmasining atigi 6 foizini tashkil etuvchi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va ichki savdoni ko‘paytirish zarurligidan dalolat beradi.
Shu munosabat bilan Eldor Aripov Turkiy davlatlarning savdo hamkorligi ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish muhimligini ta’kidlab, ushbu institut savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, eksport va import hajmlarini oshirishning yangi mexanizmlarini keng joriy etishga hamda elektron tijorat platformalarini rivojlantirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirishiga ishonch bildirdi.
Qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish va Tashkilotning moliyaviy mexanizmlarini mustahkamlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shu nuqtai nazardan, ekspert joriy yilda Istanbulda TDT investisiya jamg‘armasi faoliyatining o‘z vaqtida boshlanishi, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Tashkilotning Taraqqiyot banki faoliyatini tezroq boshlash muhimligini ta’kidladi.
Eldor Aripovning so‘zlariga ko‘ra, «Ushbu yangi idoralar Tashkilotning moliyaviy salohiyatini yanada mustahkamlaydi».
So‘zining oxirida SMTI direktori hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha Ekspertlar uchrashuvlarini o‘tkazish muhimligiga urg‘u berdi.
U TDT oliy organlari faoliyatini axborot-tahliliy ta’minlashning amaliy ta’sirini yanada oshirish va qo‘shma axborot-tahliliy nashrlar sonini ko‘paytirishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, TDTga a’zo davlatlar va kuzatuvchilarning tashqi siyosiy tadqiqotlar rasmiy markazlari yig‘ilishi 2009 yildagi Turkiy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi Naxichevan kelishuvi qoidalariga muvofiq 2015 yilda tashkil etilgan. 2019 yildan buyon mazkur formatdagi uchrashuvlarda O‘zbekiston ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etib kelmoqda. Shu bilan birga, SMTI tomonidan 2022 yilda Toshkent shahrida TDT tahlil markazlarining 8-yig‘ilishi tashkil etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Suriyaliklar pul to‘la qoplar bilan banklarga bostirib kirishmoqda

Дамашқдан олинган суратларда одамлар банкларга, баъзан катта ахлат қопларига ўралиб, яроқсиз қоғоз пулларни олиб кетаётганини кўриш мумкин.

Kelajakda Rossiya yangi hududlarni bosib oladi

Айтганча, агар мамлакатимиз таркибига яна янги, лекин бизга жуда яқин ҳудудлар қўшилса, бу тажрибадан келажакда ҳам фойдаланиш мумкин.

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Naoya Inoue nihoyat Murodjon Ahmadaliyevga javob qaytardi

Мутлақ жаҳон чемпиони, япониялик Наоя Иноуэ Муроджон Аҳмадалиевнинг чорловига жавоб қайтарди.

Suriyaning yangi rahbari Isroilga signal yubormoqda

Сурия Исроилга қарши ҳужумларни амалга ошириш учун таянч нуқтасига айланмайди.

Uchinchi jahon urushi bo‘yicha taxminlar bildirildi

Американинг Newsweek журнали, агар учинчи жаҳон уруши бошланса, фронт Европанинг шимоли-шарқида чўзилиши мумкинлигини тахмин қилди.

Samarqandda Tesla Cybertruck “prava”siz boshqarilgan

“Ҳолат юзасидан ҳайдовчига нисбатан маъмурий тартибда баённома расмийлаштирилиб, транспорт воситаси вақтинчалик сақлаш жарима майдончасига жойлаштирилган”, – дейилади хабарда.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

Isroil rahbariyati hibsga olinishiga birgina davlat tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqmoqda

21 ноябрь куни Халқаро жиноят суди Ғазо секторида инсониятга қарши ва уруш жиноятлар содир этгани учун Исроил бош вазири Бинямин Нетаняҳу ва собиқ мудофаа вазири Йоав Галантни ҳибсга олишга ордер берди.

«Endi juda qiyin bo‘ladi»: Kilian Mbappe Lionel Messi tajribasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu bilan o‘ynay olmaganidan afsusdaligini aytdi

Килиан Мбаппе «Реал Мадрид» афсонаси Криштиану Роналду билан кийиниш хонасини баҳам кўра олмаслигидан афсусда.

«Og‘ir kunlar oldinda»: ruslar Xersonga bostirib kirdi

Россиянинг қўпорувчи гуруҳлари Херсон томон олдинга силжишга ҳаракат қилди. Украина мудофаа кучлари уларни топиб йўқ қилди.

Kiyevdagi «Oreshnik tajribasi» bilan tahdid qilish

Путин ғарбнинг ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимлари Россиянинг янги ўрта масофага учувчи гипертовушли «Орешник» ракетасини тута олмаслигидан мақтанди.

Rossiya olti davlat elchixonalariga hujum qildi

Киевда Россиянинг ракета ҳужуми натижасида олтита хорижий элчихона зарар кўрди, деди Украина Ташқи ишлар вазирлиги матбуот котиби Георгий Тихи.

Ukraina juda maxfiy Amerika dronlaridan foydalanadi

Украина АҚШдан 5 мингдан ортиқ Phoenix Ghost учувчисиз учиш аппаратларини олган, улар ҳақидаги маълумотлар фавқулодда сир сақланади.

NATO «Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda»

Россия ТИВ раҳбари ўринбосарининг фикрича, иттифоқ мамлакатлари совуқ уруш даврида қўлланилган мудофаа режаларига кўп жиҳатдан ўхшаш мудофаа режаларини қабул қилган.

Peskov Putinning «dueli» haqida gapirdi

Россия президенти Владимир Путиннинг Орешник ва Ғарб ҳаво мудофааси ўртасидаги «технологик дуэль» таклифи янги рус ракетасининг заиф томонлари ҳақидаги саволга жавоб бўлди.

WSJ: Tramp va Putin dunyoni bo‘lishib oladi

The Washington Post газетасининг ёзишича, Кремль Украина масаласида муросага келишга тайёр эмас ва музокараларни фақат куч позициясидан олиб боришга интилмоқда.

Bosqinchilar G‘azo shahrida ko‘chirilganlar joylashgan ikkita maktabga hujum qildi

15 киши ҳалок бўлди, 30 киши яраланди.

Putin qiyin ahvoldagi Rossiya iqtisodiyoti haqida qanday fikrda?

Россия Марказий банки жорий йилнинг жума куни навбатдаги йиғилиш ўтказади, унда фоиз ставкаларининг оширилиши кутилмоқда.

Bo‘stonliqda er-xotin va uning 8 yashar o‘g‘li vafot etdi

Бу фожиага ҳам ис газидан заҳарланиш сабаб бўлган.

Salkam 1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

Кўкдала туманида МЧЖ раҳбари иситиш тизимини таъмирлашда 934,4 млн сўмни ўзлаштирган.

Putindan keyin Ukraina o‘z shartlarini e’lon qildi

Олий Рада раиси Руслан Стефанчук Украина Россия билан ўз шартлари асосида музокаралар олиб боришга тайёрлигини айтди.

Putin Rossiya razvedka xizmatlarini tanqid qildi

Россия президенти Владимир Путин Россия махсус хизматлари Украинага Россияда «террорчилик ҳужумлари» қилиш имконини берган «энг оғир хатолар»га йўл қўйганини айтди.

Putin Ukrainada har kungi olg‘a siljishlarni da’vo qilmoqda

Президент Владимир Путиннинг таъкидлашича, Россия кучлари Украинадаги асосий мақсадлари сари олға интилмоқда ва ҳар куни муҳим ҳудудларни қўлга киритмоқда.

Putin jurnalistning savoliga keskin javob qaytardi

Россия президенти Владимир Путин америкалик журналистнинг матбуот анжуманида берган саволига кескин жавоб берди.

Arabiston Isroilning Falastin davlatini ochiq tan olish shartidan voz kechdi — OAV

Исроил ва Саудия Арабистони ўртасидаги нормаллаштириш бўйича музокараларда сезиларли «ютуқ»ларга эришилди.

Vyetnamda karaokedagi yong‘inda 11 kishi halok bo‘ldi

Вьетнам жамоат хавфсизлиги вазирлигининг хабар беришича, бир киши “ўт қўйганликда” гумонланиб ҳибсга олинган.

Nigeriyadagi yarmarkada 32 nafar bola halok bo‘ldi

Жароҳатланганлар яқин атрофдаги шифохоналарга етказилган, ҳодиса юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Dahshat! Qashqadaryoda ota va uning 3 farzandi vafot etdi

Фожиага ис газидан заҳарланиш сабаб бўлган.

Tarkibida taqiqlangan modda bo‘lgan ozdiruvchi qahva mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kelgan fuqaro qo‘lga olindi

“Тошкент-АЭРО” ихтисослаштирилган божхона комплекси ходимлари таркибида кучли таъсир қилувчи моддалар бўлган оздирувчи қаҳва маҳсулотларининг республикамиз ҳудудига олиб кирилиши ва ички ҳудуддаги яширин айланмасига чек қўйишди.

Zelenskiydan Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyormisiz, deb so‘rashdi

Украина армияси ўз кучи билан Қрим ва Донбассни қайтариб ололмайди, деди Украина президенти.

Ukrainadagi rus qo‘shinlari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda

Украинадаги рус қўшинлари сони доимий равишда ўсиб бормоқда ва фронтда вазият жуда кескин.

Kamol Advon kasalxonasi xodimi Isroil hujumi bo‘lgan «dahshatli» tunni tasvirlab berdi

Камол Адвон касалхонасининг ҳамширалик бўлими раҳбари Ийд Сабба Ғазонинг шимолидаги муассасада кечган тунни «даҳшатга тўла» деб таърифлади.

Suriyada 100.000 dan ortiq jasadi bo‘lgan ommaviy qabr topildi

Сурия Фавқулодда Ишчи Гуруҳи раҳбари Мустафо Сурияда бундай оммавий қабрлар бундан ҳам кўп бўлиши мумкинлигини тан олди.