Yomg‘irlatib sug‘orish – hosildorlikni oshirishning optimal yechimi

Yomg‘irlatib sug‘orish – hosildorlikni oshirishning optimal yechimi

Yildan yilga suv tanqisligi kuzatilayotgan bir vaqtda dehqon va fermerlarimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan belgilangan hosilni yetishtirishlari uchun ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash zarurati yuzaga kelmoqda. Shu tariqa mavjud suv manbalaridan tejamkorlik bilan foydalanish bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylanmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani «Dalvarzin» hududida joylashgan «Jo‘ramurod Hotamtoy» fermer xo‘jaligi rahbari Jo‘rabek Murodov dala maydonining 26 gektari suv tejovchi texnologiyani o‘rnatilishi natijasida joriy yilda mo‘l va sifatli hosil olish maqsad qilgan.

Yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasida sug‘orish ishlari to‘liq avtomat tarzda amalga oshirilib, sug‘orish me’yorini kamaytirish yoki ko‘paytirish orqali tuproqning namiqish chuqurligini ehtiyojga qarab o‘zgartiradi va bunda suv dala bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi. Yomg‘irlatib sug‘orilganda dalada mikroiqlim yaratilib, ekinning jadal o‘sib-rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Qolaversa, mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalarni suvga qo‘shib berish ham mumkin. Bu orqali ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil yetishtirilib, yerdan foydalanish samaradorligi ortadi, - deydi, fermer J.Murodov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!