Yashnoboddagi qurilish ob’ektida yana 16 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi

Yashnoboddagi qurilish ob’ektida yana 16 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati Yashnobod tumani Iltifot mahallasi hududidagi qurilish ob’ektida daraxtlar kesilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv natijasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, qurilish ob’ektidagi 16 tup qimmatbaho daraxt noqonuniy ravishda tag qismidan kesib tashlangani aniqlangan.

“Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 37-moddasi talablari buzilib, o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani aniqlandi.

Yashnoboddagi qurilish ob’ektida yana 16 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 514 mln 200 ming so‘mni tashkil etmoqda.

O‘rganish natijasi bo‘yicha to‘plangan materiallar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, tuman prokuraturasiga taqdim etildi”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Iltifot mahallasi hududida “Yangi zamon bino” MCHJ kompaniyasi olib borayotgan bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!