Yarim yilda 104 nafar voyaga yetmagan bola YTHlarda halok bo‘lgan

Yarim yilda 104 nafar voyaga yetmagan bola YTHlarda halok bo‘lgan

Uning ta’kidashicha, 2021 yilning 6 oyi davomida jami 3,5 mlnga yaqin, 2020 yilga nisbatan 40,8 foizga ko‘p yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan.

Mazkur qoidabuzarliklar natijasida 3754 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 3177 nafar fuqaro jarohatlangan va 954 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Bolalar bilan bog‘liq 542 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 458 nafar bola jarohatlangan va 104 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgan.

Respublika bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarining 50 foizidan ortig‘i Farg‘ona (601),Toshkent (529), Samarqand (374) viloyatlari va Toshkent shahar (428) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!