Yaqin Sharqda tinchlikni qanday ta’minlash mumkin?

Yaqin Sharqda tinchlikni qanday ta’minlash mumkin?

Marokash qiroli Muhammad VI Falastin huquqlarini himoya qilishni Yaqin Sharqda barqaror tinchlikka erishishning asosiy omili deb atadi.

Bu haqda qirol Muhammad VI tomonidan Falastin xalqi ila xalqaro birdamlik kuni munosabati bilan Falastin xalqining ajralmas huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha BMT qo‘mitasi rahbari Shayx Nyangga yuborilgan maktubda aytildi.

"Falastin-Isroil mojarosini hal qilish Yaqin Sharqda barqaror va keng qamrovli tinchlikka erishish uchun muhim omil hisoblanadi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, Marokash qiroli 2014 yilda Isroil va Falastin o‘rtasida tinchlik muzokaralari to‘xtatilganini eslab, muzokara jarayonini tiklash zarurligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!