Yaponiyaning dunyoga mashhur korporasiyasi Huawei bilan hamkorlikni to‘xtatmoqda

Yaponiyaning dunyoga mashhur korporasiyasi Huawei bilan hamkorlikni to‘xtatmoqda

Yaponiyaning dunyoga mashhur Panasonic korporasiyasi  Xitoyning Huawei kompaniyasini AQSh savdo vazirligi "qora ro‘yxat"ga tiqishi ortidan kompaniya bilan hamkorlikni to‘xtatmoqda. Bu haqda Yaponiyaning FNN telekanali xabar bergan.

Telekanal bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Panasonic nafaqat Huawei bilan, balki unga daxldor yana 68 ta kompaniya va firmalar bilan aloqani to‘xtatgan.

Shuningdek, 22 may,  chorshanba kuni Yaponiya uyali aloqa kompaniyalari, SoftBank va KDDI (au) lar ham Huawei bilan hamkorlik aloqalarni to‘xtatganlarini ma’lum qilgan edilar.

Bir necha kun oldin esa Yaponiyaning yana bir uyali aloqa kompaniyasi NTT Docomo Huawei bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini to‘xtatganini ma’lum qilgan edi.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!