Yaponiyada toshqinlar sabab yuzaga kelgan zarar  miqdori 100 million dollardan oshdi

Yaponiyada toshqinlar sabab yuzaga kelgan zarar  miqdori 100 million dollardan oshdi

Yaponiya hukumati mamlakatga kuchli yog‘ingarchilik sabab yuzaga kelgan toshqinlar natijasida yetkazilgan zarar miqdorini hisoblab chiqishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetkazilgan zarar 110 million dollarni tashkil etmoqda.

Qayd etilishicha, eng katta zarar o‘rmon yerlari hamda qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan. Ming gektardan ortiq yerlar suv ostida qolgan. Kuchli hamda talafotli yomg‘irdan keyin  84 ta ko‘l o‘z qirg‘og‘idan chiqib ketgan.

Besh kun davomida Yaponiyada 66 kishi halok bo‘lgan, 16 kishi bedarak yo‘qolgan.

Mamlakat bo‘ylab qariyb 5 ming binoga zarar yetgan. 2 milliondan ortiq aholi evakuasiya qilinishga majbur bo‘lgan.

Aytish joizki, bu raqamlar yakuniy bo‘lmasligi mumkin. Vaholanki, iqlimshunoslar yomg‘ir kuchayishini taxmin qilishmoqda.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!