Yaponiyada tayfun tufayli 100dan ortiq reyslar bekor qilindi

Yaponiyada tayfun tufayli 100dan ortiq reyslar bekor qilindi

Yaponiya aviakompaniyalari mamlakat janubidagi tayfun tufayli 119 ta ichki reysni to‘xtatdi. Bu haqda NHK telekanali xabar qilmoqda.

Telekanalning xabar qilishicha, parvozlar jadvalidagi o‘zgarishlar asosan Yaponiyaning janubidagi Kagosima va Okinava prefekturalari aeroportlari bilan bog‘liq. Bundan tashqari, kuchli shamol tufayli binolarning qulashi natijasida kamida sakkiz kishi jarohat olgan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tayfun mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Kyusyu oroliga yaqinlashdi. Orolda joylashgan Nagasaki prefekturasi rasmiylari 20 mingga yaqin mahalliy aholini evakuasiya qilishga buyruq bergan.

Bundan tashqari, janubi-g‘arbiy Oita prefekturasining 70 mingga yaqin aholisi evakuasiya qilinadi.

Ayni paytda tayfun Xitoyga yaqinlashmoqda. Uning markaziy qismida shamol tezligi soniyasiga 45 metrga yetadi. Bu 2020 yilda Tinch okeanida sodir bo‘lgan to‘qqizinchi tayfun.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!