Yangi yil dasturxoniga qaysi mevalarni oldindan sotib olish mumkin?

Yangi yil dasturxoniga qaysi mevalarni oldindan sotib olish mumkin?

Yangi yil stoliga ba’zi mevalarni oldindan sotib olish mumkin. Ular to‘g‘ri saqlansa, bayramgacha yangidek bo‘lib turadi.

Bu gap birinchi navbatda, mandarin, apelsin, anor mevalariga tegishli. Bu mevalarni bayramdan ikki-uch hafta oldin sotib olish mumkin, biroq ularni muzlatgichda saqlash kerak.

Harorati nolga teng bo‘lgan kamerada mazkur mevalar bilan birga kivini ham ikki uch oy davomida saqlasa bo‘ladi. Bunda ularning foydali xususiyatlari o‘zida saqlanib qoladi.

Biroq ularni uzoq muddatli saqlash paytida bitta qoidaga rioya qilish kerak: kivini olma yoki nokga yaqin qo‘ymaslik lozim, chunki bu mevalar o‘zidan etilen moddasini chiqaradi.

Etilen moddasi kivida ortiqcha pishishni qo‘zg‘atadi. Bu holat esa ushbu mevaning saqlanish muddatini qisqartiradi.

Mango mevalari xona haroratida besh kundan yetti kungacha turishi mumkin. Pishib yetilmagan mangoni yeyishga tayyor qilish uchun uni issiq suvga besh daqiqa solib qo‘yish lozim.

Agar siz sotib olgan ananas pishib yetilmagan bo‘lsa, unda uni 15-16 darajali haroratda saqlashingiz kerak, ana shunda mevalarni besh-sakkiz kun ichida bemalol iste’mol qilishingiz mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!