Yangi yil dasturxoni sabab qancha ortiqcha vazn yig‘ish mumkinligini bilasizmi?

Yangi yil dasturxoni sabab qancha ortiqcha vazn yig‘ish mumkinligini bilasizmi?

Rossiyalik parhezshunos hamda endokrinolog Aleksey Kalinchev Yangi yil bazmlarida agar sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik unutib qo‘yilsa, qancha vazn orttirish mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar berdi RT.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap 2-3 kg haqida ketmoqda.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, agar kimdir yuqorida ko‘rsatilgan sondan bir necha kg ko‘proq vazn yig‘sa, bu yog‘ni emas, balki turli xil tuzlangan bodring va baliqlar, marinadlar hamda tuzlangan karam sabab yuzaga kelgan ortiqcha suyuqlikni anglatadi.

Qayd etilishicha, bunday ovqat organizmdagi suyuqlikni ushlab turadi. Bunga spirtli ichimliklar ham hissa qo‘shadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!