Yana bir yulduzli juftlik farzandli bo‘ldi

Yana bir yulduzli juftlik farzandli bo‘ldi

Xonandalar Nodir Zoitov va Shirin ilk bor ota-onalik baxtiga sazovor bo‘ldi. Shirin 16 iyul kuni qiz farzandni dunyoga keltirgan. Bu haqda xonanda Malika Ravshanova ma’lum qildi.

«Suyunchi! Jiyanli bo‘ldim. Qiz farzand muborak bo‘lsin! Alloh umrini, rizqini ziyoda qilsin», — deb yozadi Malika Ravshanova.

Ma’lumot uchun, Nodir Zoitov hamda Shirinning nikoh oqshomi 2019 yilning 11 noyabr kuni «Yakkasaroy» restoranida bo‘lib o‘tgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!