Xushxabar! Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi ijobiy samara berdi

Xushxabar! Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi ijobiy samara berdi

Koronavirus vaksinasini ishlab chiqayotgan Xitoyning China National Biotec Group (CNBG) kompaniyasi odamlarda preparatning muvaffaqiyatli sinovlarini e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, sinovdan o‘tgan ikkita vaksina darhol ijobiy natijani ko‘rsatdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, preparati 1120 ta sog‘lom sub’ektda COVID-19 antitanachalarni xavfsiz ishlab chiqarishga yordam berdi.

Kompaniyaning Uxan bo‘linmasiga vaksinaning muvaffaqiyatli sinovlari haqida ham xabar berilgan. CNBG Birlashgan Arab Amirliklarida preparatni sinashning yakuniy bosqichini o‘tkazishga ruxsat olganini ma’lum qildi. Vaksina qanday turda ekanligi haqida kompaniya aniq ma’lumot bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!