Xorazmda o‘qituvchi darsda o‘quvchini ayovsiz kaltakladi

Xorazmda o‘qituvchi darsda o‘quvchini ayovsiz kaltakladi

Xorazmda o‘quvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video tarqalgandi. Ma’lum qilinishicha, voqea 23 may kuni Tuproqqal’a tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 6-sinf o‘quvchilariga geografiya fani dars mashg‘uloti o‘tkazilayotgan paytda sodir bo‘lgan.

O‘qituvchi mazkur sinfning ikki nafar o‘quvchisiga o‘zaro gaplashib o‘tirgani uchun tanbeh berib, ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Shu voqeadan keyin o‘qituvchi o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozgan va ishdan bo‘shatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!