Xitoylik musulmonlarga endi faqatgina bir marta haj qilishga ruxsat beriladi

Xitoylik musulmonlarga endi faqatgina bir marta haj qilishga ruxsat beriladi

Xitoyda joriy yilning dekabridan e’tiboran musulmon fuqarolarning haj safariga borishini tartibga soluvchi yangi qoidalar kuchga kiradi. 

Bitter Winter nashrining yozishicha, Xitoyning Din ishlari bo‘yicha boshqarmasi 12 oktyabr kuni “Musulmonlar hajini tartibga solish chora-tadbirlari” nomli hujjatni e’lon qilgan. Qirq ikki moddadan iborat mazkur hujjat joriy yilning 1 dekabridan kuchga kiradi. 

Yangi qoidalarga binoan endilikda haj safarlarini tashkillashtirish faqatgina Xitoy islom uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahalliy musulmonlarning haj safariga hayotlari davomida faqatgina bir marta borishlariga ruxsat etiladi. Xitoy islom uyushmasi vositachiligidan foydalanmagan holda hajga borish esa javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. 

Hajga borishni istagan xitoylik musulmonlar avvaliga maxsus saytda ro‘yxatdan o‘tishlari va moddiy imkoniyatlari haj safarini ado etishga yetarli darajada ekanligini ko‘rsatib berishlari zarur. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!