Xitoyda «Xagupit» tayfuni: 400 mingga yaqin odam evakuasiya qilindi 

Xitoyda «Xagupit» tayfuni:  400 mingga yaqin odam evakuasiya qilindi 

Seshanba kuni kechqurun Xitoy sharqidagi Chjeszyan provinsiyasida bu yilgi to‘rtinchi Hagupit (Xagupit) tayfuni boshlandi, deya xabar berdi Sinxua agentligi. 

Xitoy Milliy Meteorologik Markazining xabar berishicha, tayfun mamlakat sohillarida mahalliy vaqt bilan soat 3:30 atrofida boshlangan. Uning tezligi soniyasiga 38 metrga yetdi.

Tayfun bilan birga, Chjeszyan va Fuszyan provinsiyalarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, kuchli shamollar boshlandi.

Meteorologlar tayfun Xitoyning shimoliga o‘tib, u yerda sekinlashishi haqida ogohlantirmoqda. Tayfun seshanba kuni kechqurun hududni qamrab oldi va keyin Koreya yarim orolining g‘arbiy qismiga qarab yo‘l oldi.

Dushanba kuni yertalabki 10ga qadar Chjeszyan provinsiyasida 381 375 kishi evakuasiya qilingan. Tayfun tufayli Fuszyan provinsiyasida temir yo‘l transporti va qurilish ishlari to‘xtatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!