Xitoyda 60 kishi pnevmoniyaning noma’lum turi bilan kasallandi

Xitoyda 60 kishi pnevmoniyaning noma’lum turi bilan kasallandi

Xitoyning aholi zich joylashgan Uxan shahrida pnevmoniyaning noma’lum turi bilan kasallangan bemorlar soni 60 nafarga yetdi. «RIA Novosti»ning mahalliy sog‘liqni saqlash qo‘mitasiga tayanib xabar berishicha, ulardan 7 nafari og‘ir ahvolda, qolgan bemorlarning ahvoli barqaror.

Qayd etilishicha, pnevmoniyaning noma’lum turi paydo bo‘lgani haqida dekabr oyi oxirlarida ma’lum bo‘lgan. 3 yanvar holatiga ko‘ra, shaharda 44 ta virusli prevmoniya holati aniqlangan, 11 nafar bemor og‘ir ahvolda bo‘lgan. Shuningdek, yana 121 kishi shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan. Ularning barchasi bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan.

Epidemiologik tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, ayrim bemorlar dengiz mahsuotlari sotiluvchi mahalliy bozorda ishlagan. Hozirgi paytda kasallikning odamdan odamga yuqishining aniq belgilari aniqlanmagan. O‘lim bilan tugash holatlari ham qayd etilmagan.

Ta’kidlanishicha, kasallik holati birinchi marta 12 dekabr kuni, oxiri 29 dekabr kuni qayd etilgan. Ayni paytda bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan yana 163 kishi shifokorlar nazorati ostida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!