Xitoy va Tojikiston Tojikiston hududida Xitoy harbiy bazasi qurilishini rasman inkor etishda davom etmoqda, biroq...

Xitoy va Tojikiston Tojikiston hududida Xitoy harbiy bazasi qurilishini rasman inkor etishda davom etmoqda, biroq...

Xitoy va Tojikiston Tojikiston hududida Xitoy harbiy bazasi qurilishi faktini rasman inkor etishda davom etmoqda, biroq Xitoy haqiqatdan ham bu mamlakatdagi harbiy ishtirokini sezilarli darajada oshirmoqda, deb yozadi The Jamestown Foundation.

Xitoy Tojikistonda allaqachon harbiy ob’ektlarga ega. Taxminan o‘n yil oldin bu mamlakatda G‘arb koalisiyasining Afg‘onistondagi harakatlarini kuzatuvchi Xitoy kuzatuvchi radiostansiyasi paydo bo‘lgan edi. Bundan tashqari, Xitoyning Tojikistonning notinch hududi hisoblangan Tog‘li Badaxshon viloyatida yana bir inshooti bor edi. Rasmiy ravishda ikkala ob’ekt ham Tojikiston hukumati nazorati ostida, lekin aslida ular Xitoyga tegishli. Pekin Tojikistondagi harbiy ob’ektlari mavjudligini uchta sababga ko‘ra rasman tan olmaydi:

◼️ mahalliy - Tojikiston elitasi va aholisining salbiy munosabatini keltirib chiqarmaslik uchun;

◼️ mintaqaviy – Markaziy Osiyoda tranzit va transport yo‘laklarini rivojlantirish rejalariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan Xitoyga qarshi kayfiyatni qo‘zg‘atmaslik uchun;

◼️ xalqaro - Rossiyani g‘azablantirmaslik va G‘arb davlatlarining e’tiborini ularning harakatlariga jalb qilmaslik uchun.

Ammo hamkorlik davom etmoqda. Xitoy Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga Xitoyning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun PMClarni yubormoqda, zarurat tug‘ilganda qo‘shinlarni tezkorlik bilan olib o‘tish uchun Tojikiston chegarasi yaqinida 30 ta aerodrom qurmoqda va tojik harbiylari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirmoqda.

Bularning barchasi Xitoyning Tojikistondagi va, ehtimol, butun Markaziy Osiyodagi harbiy ta’sirining haqiqiy ko‘lamini haligacha tushunmagan G‘arb davlatlari uchun xavfli vaziyat yaratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!