Farg‘onada Cobalt’lar ortilgan avtotreyler YTHga uchradi

Farg‘onada Cobalt’lar ortilgan avtotreyler YTHga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt’lar ortilgan avtotreyler YTHga uchragani aks etgan video tarqaldi. UzAutoMotors holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, yo‘l-transport hodisasi Farg‘ona viloyatida 4 sentyabr kuni soat taxminan 18:00 da sodir bo‘lgan. Logistika avtotreyleri haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan.

YTH natijasida 8 ta Chevrolet Cobalt avtomobili zarar ko‘rgan, avtotreyler haydovchisi jarohatlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!