Zelenskiy va Makron harbiy hamkorlikni muhokama qildi

Zelenskiy va Makron harbiy hamkorlikni muhokama qildi

Ukraina va Fransiya prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Emmanuel Makron Germaniyadagi Amerikaning Ramshteyn aviabazasidagi uchrashuvi oldidan harbiy hamkorlikni muhokama qilishdi. Bu haqda Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida yozgan.

Zelenskiy, shuningdek, Fransiya prezidentiga Ukraina armiyasining havo mudofaasi, elektron urush, zirhli texnika va artilleriyaga bo‘lgan ehtiyoji haqida gapirib berdi.

Ramshteyndagi uchrashuv 6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Pentagon rahbari Lloyd Ostin ishtirok etadi .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!