Myunxendagi Isroil bosh konsulligida otishma sodir etgan shaxs islomiy davlat a’zosi sifatida tanilgan

Myunxendagi Isroil bosh konsulligida otishma sodir etgan shaxs islomiy davlat a’zosi sifatida tanilgan

Myunxendagi Isroil bosh konsulligi yaqinida polisiyachilarga qarata o‘t ochgan shaxs Germaniyaga Avstriyadan kelgan va huquq-tartibot idoralariga islomiy davlat a’zosi sifatida tanilgan.

Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, Bild nashri xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, gap Avstriyada tug‘ilgan Emre I. haqida ketyapti. Spiegel jurnali o‘z navbatida yozganidek, gumonlanuvchi 18 yoshda va Zalssburg shtatida yashaydi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Myunxenga mashinasida yetib kelgan. U ko‘p o‘qli miltiqdan huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarata o‘q uzgan. Javob otishmalari natijasida erkak yaralangan va keyin vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!