Malayziya BRIKSga qo‘shilish niyatida

Malayziya BRIKSga qo‘shilish niyatida

5 sentyabr kuni Sharqiy iqtisodiy forumning (SHIF) yalpi majlisida Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim uning mamlakati BRIKSga qo‘shilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

SHIF yalpi majlisidagi nutqida Anvar Ibrohim: “Malayziya BRIKSga qo‘shilish tarafdori va bu orqali biz iqtisodiy diplomatiya sohasidagi sa’y-harakatlarimizni diversifikasiya qilishga va tashkilotga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga intilamiz”, - dedi.

Uning ta’kidlashicha, BRIKSga qo‘shilish mamlakatiga boshqa davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli savdo aloqalarini rivojlantirish imkonini beradi.

Uning fikricha, Malayziya global dunyoning bir qismi va bu mamlakat uchun savdo aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashda davom etishi muhim. Malayziya global janubni rivojlantirish va butun dunyo bo‘ylab savdo aloqalarini mustahkamlash tarafdoridir. Jahon janubi o‘rtasidagi BRICS aloqalari mamlakatga ta’sir o‘tkazish va adolatli savdoni kafolatlash imkoniyatini beradi. Anvar Ibrohim fikricha, bu nafaqat Malayziyaga, balki global janubga va butun dunyoga ham foyda keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Sharqiy iqtisodiy forum 3-6 sentyabr kunlari Vladivostokdagi (Rossiya) Uzoq Sharq federal universiteti kampusida bo‘lib o‘tyapti.

BRIKS 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan. Janubiy Afrika 2011 yilda qo‘shilgan. 2024 yilning 1 yanvarida Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya guruhning to‘liq a’zosi bo‘ldi. Bu yil assosiasiyaga Rossiya raislik qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!