G‘arbiy Sohil bosqinida Isroil o‘smirni otib o‘ldirdi

G‘arbiy Sohil bosqinida Isroil  o‘smirni otib o‘ldirdi

Isroil kuchlari Far’a qochqinlar lagerida 16 yoshli falastinlik yigitni otib o‘ldirdi.

Wafa axborot agentligining xabar berishicha, askarlar «bolaga qarata bir necha o‘q otgan, uni haqorat qilgan va tez yordam brigadalari unga yetib borishiga to‘sqinlik qilgan».

HAMASning aytishicha, Netanyaxu G‘azoning Filadelfiya koridoridan qo‘shinlarni olib chiqishni rad etib, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga to‘sqinlik qilmoqda.

Kunning eng muhim voqealari:

  • G‘azo shimolidagi Kamol Advan kasalxonasi yaqinida isroilliklarning hujumi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi. Yaradorlar, jumladan, bir necha bolalar hududdan evakuasiya qilinmoqda.
  • Shaharning Rimal mahallasida isroilliklarning uy-joyga hujumi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi va olti kishi yaralandi.
  • Video tasvirlarda isroillik kuchlar G‘azo janubidagi Filadelfiya yo‘lagi bo‘ylab yo‘l yotqizayotgani ko‘rsatilgan.
  • Bosh vazir Netanyaxu uni Isroil nazorati ostida ushlab turishga undadi, bu esa o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardagi asosiy to‘siqdir.
  • Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroil armiyasi G‘azo janubida emlash ishlari boshlangan paytda poliomiyelitga qarshi favqulodda emlash kampaniyasiga aloqador tibbiy guruhlarning ayrim hududlarga kirishini muvofiqlashtirishdan bosh tortmoqda.
  • Isroil askarlari bugun tongda qisqa muddat chekinib, G‘arbiy Sohildagi Tulkarem qochqinlar lageriga yana bostirib kirib, qurolli to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!