Asqar Akayev Qirg‘iziston parlamentidan o‘ziga sobiq prezident maqomini qaytarishni so‘radi

Asqar Akayev Qirg‘iziston parlamentidan o‘ziga sobiq prezident maqomini qaytarishni so‘radi

Qirg‘izistonning sobiq davlat rahbari Asqar Akayev mamlakat parlamentiga sobiq prezident maqomini qaytarishni so‘rab maktub yo‘lladi.

Jogorku Kenesh matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xat 5 sentyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshining Konstitusiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquq masalalari va reglamenti qo‘mitasiga kelib tushgan.

Mazkur qo‘mita raisi, deputat Cho‘lpon Sultonbekova bu masala kun tartibiga darhol kiritilmaganini ta’kidladi.

- Ko‘rib chiqish jarayoni juda uzoq jarayondir. Muammo bir kunda hal etilmaydi. Kecha parlamentga xat keldi, men uni bugun ertalab oldim. Savol siyosiydir. Jogorku Kenesh kollegial organ hisoblanadi. Kun tartibiga kiritish yoki kiritmaslik, shuningdek, ko‘rib chiqish tartibining boshqa jihatlari bo‘yicha qaror birgalikda qabul qilinadi, - dedi deputat.

Eslatib o‘tamiz, Asqar Akayev 1990 yil 27 oktabrdan 2005 yil 11 aprelgacha Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. 2005 yilgi lola inqilobidan so‘ng u Rossiya Federasiyasiga ketgan, hozirda o‘sha mamlaktda istiqomat qiladi va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi Asqar Akayevga nisbatan vakolat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ishtirok etganlik, 1992 yil va 2003 yilda Qumto‘r loyihasini qayta ko‘rib chiqish paytida «Kameko» kompaniyasi bilan bosh shartnoma tuzish epizodlariga beparvolik qilganlikda ayblangan jinoyat ishini to‘xtatgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!