Qirg‘izistonning "Manas" aeroportida bomba borligi haqidagi xabarlar tufayli evakuasiya ishlari olib borilmoqda

Qirg‘izistonning "Manas" aeroportida bomba borligi haqidagi xabarlar tufayli evakuasiya ishlari olib borilmoqda

Qirg‘izistondagi "Manas" aeroporti bomba tahdidi ortidan evakuasiya qilinmoqda.

Bu haqda aeroport matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, portlovchi qurilma o‘rnatilgani haqidagi xabar pochta orqali bugun taxminan soat 17:00 da kelib tushgan.

"Aeroport xodimlari va tashrif buyuruvchilarni evakuasiya qilish hozirda davom etmoqda", — deyiladi aeroport xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!