Jazoir prezidentligiga nomzod Rossiya bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatladi

Jazoir prezidentligiga nomzod Rossiya bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatladi

Jazoir prezidentligiga nomzod Abdelali Hasani Cherif Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlash istagini bildirdi. «Tinchlik uchun jamiyat harakati» partiyasi rahbari Rossiya-Jazoir munosabatlarini rivojlantirish do‘stona muloqotga asoslanishi kerakligini ta’kidlamoqda, deb yozadi «Izvestiya» siyosatchining saylovoldi shtabiga tayanib.

Sherif Rossiya bilan strategik sheriklikka e’tibor qaratishni taklif qilmoqda, uni konstruktiv muloqot orqali qurish, uning fikricha, bu ikki tomonlama munosabatlarga oid barcha muammolarni hal qilishga yordam beradi. «Tinchlik uchun» harakati saylovoldi shtab rahbari, deputat Ahmad Saduq bunda ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni tahlil qilish, mushtarak manfaatlarni ilgari surish ham bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Nashrning qayd etishicha, xalqaro munosabatlar sohasida Jazoir jahonning yetakchi davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarda betaraf bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, mamlakat BRIKSga qo‘shilishni o‘zining milliy manfaatlarini himoya qilish va mintaqada ham, jahon miqyosida ham ta’sirini oshirish yo‘li deb qaraydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!