Putin Ukrainadagi asosiy maqsadini e’lon qildi

A A A
Putin Ukrainadagi asosiy maqsadini e’lon qildi

Putinning aytishicha, asosiy maqsad Donbasni nazorat qilish.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainadagi asosiy maqsadi Donbas mintaqasini to‘liq nazorat qilish ekanini aytdi.

Putin 2022 yilning fevralida Rossiya bosqinini boshlaganidan beri o‘z maqsadini bir necha bor o‘zgartirdi.

Avgust oyi davomida Ukrainaning Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirishi haqida avvaliga g‘azablangan ko‘ringan Putin, Moskva kuchlari ularni «asta-sekinlik bilan» ortga qaytarishini ta’kidladi.

«Dushmanning (Kurskda) maqsadi bizni xavotirga solishga, shoshqaloqlik qilishga, qo‘shinlarni boshqa joyga yo‘naltirishga majburlash va muhim hududlarda, ayniqsa Donbasda hujumimizni to‘xtatish edi, uni ozod qilish bizning asosiy maqsadimizdir», dedi Putin Vladivostokda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!