Fransiyada o‘quvchilarga hatto tanaffus vaqtida ham telefonlariga qarash taqiqlandi

Fransiyada o‘quvchilarga hatto tanaffus vaqtida ham telefonlariga qarash taqiqlandi

Fransiya ta’lim vaziri Nikol Bellube Parij yaqinidagi maktablardan biriga tashrif buyurdi: joriy yildan boshlab “raqamli transformasiya” amalga oshirilayotgan mamlakatda ikki yuzta ta’lim muassasasidan biridir. U yerda o‘quvchilarga nafaqat dars vaqtida, balki tanaffus vaqtida ham mobil telefonlardan foydalanish taqiqlanadi, deb yozadi Euronews.

G‘oya mualliflarining ta’kidlashicha, bu nafaqat diqqatni darsga qaratishga xalaqit beradi, balki kiberbullingni ham kamaytiradi.

Fransiya o‘quvchilarga dars vaqtida telefonlaridan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha ko‘plab Yevropa mamlakatlari yetakchisi hisoblanadi. Agar tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, yanvar oyidayoq barcha fransuz maktablarida mobil telefonlarga to‘liq taqiq joriy etilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!