Xitoy Afrikaga 50 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam beradi

Xitoy Afrikaga 50 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam beradi

4-6 sentyabr kunlari Pekinda 2024 yilgi Xitoy-Afrika hamkorlik forumi (FOCAC) sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

5 sentyabr kuni sammitning ochilish marosimida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etdi.

Si Szinpin ochilish nutqida Xitoy diplomatik aloqada bo‘lgan barcha Afrika davlatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni strategik munosabatlar darajasiga ko‘targanini ma’lum qildi.

Si Szinpin shuningdek, yaqin uch yilda Xitoy Afrika davlatlari bilan o‘n yo‘nalishda hamkorlik qilishini aytdi.

Bu hamkorlik iqtisodiyot, savdo, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot salomatligi va xavfsizlik sohalarini qamrab oladi.

Bunga Afrikaga 1 milliard yuanlik shoshilinch oziq-ovqat yordami va Afrika mamlakatlariga 6000 harbiy xizmatchi va 1000 polisiyachini tayyorlashga yordam berish kiradi.

Si Szinpin bu rejani “Hamkorlikning o‘nta harakati” deb ataydi.

“Hamkorlikning o‘nta harakati”ni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida Xitoy hukumati Xitoy va Afrika o‘rtasidagi turli sohalardagi amaliy hamkorlikni qat’iy qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, - dedi Si Szinpin.

Xabar berganimizdek, ushbu sammit davomida Xitoy va Afrikaning 53 davlati birgalikda “Yangi davrda umumiy kelajakka ega Xitoy-Afrika hamjamiyatini birgalikda qurish to‘g‘risida Pekin deklarasiyasi” va “Xitoy-Afrika hamkorlik forumi – Pekin harakat rejasini ( 2025-2027) qabul qilindi.

Xitoy-Afrika hamkorlik forumi 2000 yilda tashkil etilgan. Unga a’zo davlatlar qatoriga Xitoy, Xitoy bilan diplomatik aloqada bo‘lgan 53 Afrika davlati va Afrika Ittifoqi Komissiyasi jami 55 a’zo kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!