Polshada polisiya mamlakat rasmiylariga ommaviy norozilik namoyishlari bilan tahdid qildi

Polshada polisiya mamlakat rasmiylariga ommaviy norozilik namoyishlari bilan tahdid qildi

Polsha polisiyachilari hukumatni huquq-tartibot idoralarini moliyalashtirish qoidalarini o‘zgartirmasa, ommaviy norozilik namoyishlari bilan tahdid qilmoqda.

Bu haqda RMF24 radiostansiyasi ma’lum qildi.

"Kasaba uyushmasi namoyishni qayta boshlashni istisno etmayapti va ba’zilar norasmiy ravishda 11 noyabr kuni "it grippi" bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda, buning natijasida polisiyachilar kasallik ta’tiliga chiqishlari kerak bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Kasaba uyushmasi va hokimiyat yaqin kunlarda keyingi rejalarni muhokama qiladi.

Namoyishchilar vakillari Polshaning armiyaga sarflayotgan xarajatlari ortib borayotganiga, polisiya esa chetda qolayotganiga e’tibor qaratishmoqda.

"Bu Seym spikeriga qilingan so‘nggi murojaatning mavzusi bo‘ldi, biz polisiya xarajatlari yalpi ichki mahsulotga bog‘liq bo‘lishini kutmoqdamiz, buning natijasida polisiya har qanday qonunlar yoki alohida hokimiyatlarning imtiyozlaridan mustaqil bo‘ladi" - dedi rahbarlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!