Afg‘oniston va Turkmaniston kelishib oldi
Afg‘oniston va Turkmaniston o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi.
Afg‘oniston konlar va neft vazirligi Turkmaniston bilan bir qator o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolanganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, kelishuvlar asosiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.
Jumladan: TAPI gaz quvuri, Pokistonga elektr uzatish liniyasi, Turg‘undi terminali va Hirot-Sanobar temir yo‘li (Nebit-gaz) qurilishi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)