Xerson viloyatining Rossiya nazorati ostidagi qismi o‘qqa tutildi

Xerson viloyatining Rossiya nazorati ostidagi qismi o‘qqa tutildi

Xerson viloyatining Rossiya nazorati ostidagi qismida do‘konga uyushtirilgan hujum natijasida 22 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi. Ukrain qo‘shinlari hujumda fransuz aviabombalari va Amerikaning HIMARS snaryadlaridan foydalandi.

Rossiyaning nazorat ostidagi qismidagi Xerson viloyatining Sadovoye qishlog‘iga uyushtirilgan hujum natijasida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xerson viloyati gubernatori Vladimir Saldo ma’lum qildi.

“Golopristanskiy tumanidagi Sadovoye qishlog‘iga dushman jangarilarining vahshiyona hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi. Shu bilan birga, 15 kishi jarohat oldi, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir”, — deb yozdi Saldo o‘zining Telegram kanalida.

Saldoning ta’kidlashicha, zarba fransuz aviabombasi va Amerikada ishlab chiqarilgan HIMARS snaryadlari yordamida amalga oshirilgan.

Ayni paytda, "Lugansk xalq respublikasi" rasmiylari Lugansk shahrini o‘qqa tutishda olti kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Shahardagi raketa zarbasidan keyin turar-joy binosiga kirish yo‘lagi qulab tushgan. Viloyat hokimiyatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 60 kishi jabrlangan, ulardan to‘rt nafari bolalar.

“Luganskka kechagi raketa hujumi sodir bo‘lgan joyda ish tun bo‘yi davom etdi. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan yana ikki kishining jasadini olib chiqishdi. Soat 8:00 holatiga ko‘ra, tinch shaharni vahshiylarcha o‘qqa tutishi natijasida 60 kishi jabrlangan. Qutqaruv operasiyasi davom etmoqda”, — deb yozdi mintaqaning «rahbari» Leonid Pasechnik o‘zining Telegram kanalida.

U avvalroq Luganskning o‘qqa tutilishi natijasida o‘ttiz uchta ko‘p qavatli uy, ikkita maktab, uchta bolalar bog‘chasi va bir kollej zarar ko‘rgani haqida xabar bergan edi.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Lugansk shahrining turar-joylari AQShda ishlab chiqarilgan beshta ATASMS raketasi bilan «maqsadli» zarba berilgani haqida xabar bergan edi.

“Amerikaning to‘rtta raketasi Rossiyaning havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirildi. Bitta raketa ikkita turar-joy binosiga tegdi. Natijada, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 20 dan ortiq tinch aholi, jumladan, bolalar jarohatlangan”, — deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Lugansk va Xerson viloyatiga qilingan raketa hujumlarini qoraladi.

“Butun dunyo hamjamiyati bular oldindan rejalashtirilgan va puxtalik bilan tayyorlangan qo‘rqitish terrorchilik harakatlari ekanini tushunishi kerak. NATOning qo‘l yozuvi aniq. Avval aytib o‘tganimizdek, uzoq masofali raketalarning, jumladan, ATASMS parvoz missiyalari amerikalik, britaniyalik va boshqa g‘arb mutaxassislarining bevosita ishtirokida shakllantirilayotganini yaxshi bilamiz”, — dedi diplomat.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, hujumlarda ishtirok etganlar muqarrar, munosib jazoga tortilishiga shubha yo‘q"

Ukrainaning Donesk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 2022 yil 30 sentyabrda imzolangan farmon bilan noqonuniy ravishda anneksiya qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!