Xavi mardlik qiladi

Xavi mardlik qiladi

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoadan bo‘shatilsa, maoshidan voz kechadi. Mutaxassisning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Yaqin orada Joan Laporta avvalroq qolishga ko‘ndirganiga qaramay, uni ishdan bo‘shatishga qaror qilishi mumkin.

Jurnalist Fernando Poloning so‘zlariga ko‘ra, Xavi ishdan bo‘shatilsa, kelasi mavsum uchun "Barselona"dan maosh talab qilmaydi.

Shu bilan birga, murabbiy o‘z murabbiylar shtabi maosh olishda davom etishini xohlaydi. Xans-Diter Flik jamoaning yangi murabbiyi bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!