Xalq ta’limi vazirligi «So‘nggi qo‘ng‘iroq» bayramini o‘tkazishga ruxsat berdi

Xalq ta’limi vazirligi «So‘nggi qo‘ng‘iroq» bayramini o‘tkazishga ruxsat berdi

Maktablarda 25 may kuni «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari tashkil etilishiga ruxsat berildi. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar qildi.

Joriy yilda umumta’lim maktablarini 438 mingga yaqin bitiruvchi tugatadi. Mazkur tadbirni karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

«Ota-onalar va maktab ma’muriyatlaridan ushbu tadbirni farzandlarimiz uchun faqat ijobiy kechinmalar bilan eslanadigan qilib, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishni iltimos qilamiz. Shu bilan birgalikda, joylarda turli e’tirozlarni oldini olish maqsadida tadbirlarni ortiqcha harajatlarsiz, xususan o‘quvchilar orasida oilaviy sharoitidagi farqni salbiy ko‘rsatishga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli hil alohida kiyim-kechak, bezak, sovg‘alar va shu kabilarga katta mablag‘ sarflamasdan bir-birini qo‘llab-quvvatlagan holda o‘tkazishlarini so‘raymiz»,— deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, maktablarda yakuniy imtihonlar ham o‘tkaziladi. Imtihonlar sanalari va tartibi ham ma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!