WBO reytingi: Ahmadaliyev, Meliqo‘ziyev yuqoriladi, Do‘smatov esa pastladi

WBO reytingi: Ahmadaliyev, Meliqo‘ziyev yuqoriladi, Do‘smatov esa pastladi

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) may oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatdan 7 nafar bokschimiz joy olgan:

Hasanboy Do‘smatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): o‘tgan oydagidan bir pog‘ona pastlab, 7-o‘ringa joylashdi;

Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi - 50,8 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘rinni egalladi;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 5-o‘rinni egalladi;

Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 6-o‘rinni egalladi;

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn toifasi - 66,6 kg) o‘tgan oydagi kabi 2-o‘ringa joylashdi;

Bektemir Meliqo‘ziyev (supero‘rta vazn - 76,2 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 9-o‘rinni egalladi;

Bahodir Jalolov (superog‘ir vazn - 90,7 kg) o‘tgan oydagi singari 15-o‘rinda qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!