Vladimir Putin va Imomali Rahmon Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatni muhokama qiladi

A A A
Vladimir Putin va Imomali Rahmon Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatni muhokama qiladi

"RIA Novosti"ning xabar qilishicha, Vladimir Putin va Imomali Rahmon 8 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi mojaroni muhokama qilishadi.

Tojikiston Prezidenti ham Qizil maydonda bo‘lib o‘tadigan G‘alaba Paradida qatnashadi va keyin Dushanbega jo‘nab ketadi.

Ma’lumot uchun, 29 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikistonning chegaraoldi viloyatlari mahalliy aholisi o‘rtasidagi ziddiyat harbiylar o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylanib ketdi. Chegarachilar o‘rtasidagi to‘qnashuv olti soatdan ko‘proq davom etdi. Ikkala tomondan 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi yaralandi. 300 dan ortiq uylar va infratuzilma ob’ektlari vayron qilingan.

29 aprel kuni kechqurun tomonlar chegaradan kuchlarni olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishib oldilar, ammo ertasi kuni yana otishmalar boshlandi. Yana bir sulhga 30 aprel kuni kech tushdan keyin erishildi. Barcha tojik harbiylari 1 may kuni Qirg‘iziston hududidan chiqib ketishdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!