VIDEO: Orqatog‘ "Qoraqum" qo‘shig‘ini yangicha ko‘rinishda kuyladi

VIDEO: Orqatog‘ "Qoraqum" qo‘shig‘ini yangicha ko‘rinishda kuyladi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va uning nabirasi Karim "Qoraqum" qo‘shig‘ini raqamli texnologiyalardan foydalangan holda yangi tartibda taqdim etishdi, deb yozadi "Turkmanistan Today".

Shu bilan birga, Turkmaniston rahbari san’at insonning ma’naviy olamini rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

Har bir asar o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, milliy an’analarga asoslanishi, asrlar osha yashashi kerak. 

Davlat nashrining ta’kidlashicha, davlat rahbari va uning nabirasining birgalikdagi ijodi "turkman yoshlarining uyg‘un rivojlanishi va estetik tarbiyasi nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan avlodlar muloqoti"ning yorqin namunasidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!